Angor tumanida seminar o‘tkazildi

Angor tumanida paxta hosilini yig‘ib olish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha tashkil etilgan seminarda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.

Joriy yil paxta hosili uchun tumanda 4734 gektar yerga gʻoʻza ekilgan. Ushbu maydonlardagi paxta hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish maqsadida 105 ta otryad tashkil etilgan va 75 ta texnika jalb qilish rejalashtirilgan. Seminarda otryadlar, jalb qilingan texnikalarning shaylik holati, terimchilar uchun paxta maydonlarida sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Tuman hokimi Qosim Mardonov olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Viloyat hokimi hududlar va otryadlar rahbarlari hamda mas’ullar bilan suhbatlashib, yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, tuman rahbarlariga otryadlarga biriktirilgan rahbarlarni boshqa vazifa va yig‘ilishlarga jalb qilmaslik bo‘yicha topshiriqlar berdi.

0 izox

Izox qoldirish