Kichik va o‘rta biznes har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiyot hajmining yarmidan ko‘pi, sanoat va eksportning uchdan bir qismi aynan kichik va o‘rta biznes vakillari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, o‘z salohiyatlarini to‘la ishga solishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida respublikamiz bo‘ylab kichik va o‘rta tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Yodgorovning angorlik tadbirkorlar bilan uchrashuvida ham xususiy sektor vakillariga berilayotgan imkoniyatlar, mavjud muammolar haqida fikr almashildi.
Unda 2024-yilda viloyatda 500 nafarga yaqin kichik tadbirkorlar biznes toifasini yiriklashtirgani alohida qayd etildi.
Аngor tumani hokimligi Axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English