Kitob–mo‘jizaga chorlaydi
Kitob asrlarbni asrlaga zamonlarni zamonlarga, rishtalarni rishtalarga bog‘lobchi vositadir. Kitob — maslahatchi, sadoqatli hamroh , eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Kitob–fikrlash, tafakkur manbai, xazinalar kaliti bo‘lgani uchun xalqimiz uni mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun, kitobga bo‘lgan muhabbat, uni qadrlash qon-qonimizga singib ketgan. Kitob mutolaasiga havas, qiziqish oiladan boshlanadi.
Ota-bobolarimiz xonadonlarida Mashrab, Navoiy, Bedil va boshqa shoirlarimizning asarlarini maroq bilan o‘qishgan. Farzandlari kitobxonlik davralarida ishtirok etishgan. Natijada ularda kitob o‘qishga havas uyg‘ongan. Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek “Kitob–beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai” dir. Kitob barcha bunyodkorlik yaratuvchanlik va aql idrokning asosi bo‘lsa, hayotni o‘rgatuvchi murabbiy hamdir. Farzandlarimiz qalbida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosdir. 2019-yil 19-mart kuni Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi. Shundan, 4-tashabbus Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishdir. Kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha Angor tuman 1-son kasb– hunar maktabimizda ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2022-2023- o‘quv yili boshida kasb-hunar maktabimiz direktori J.Bahramov Axborot –kutubxonamizga 360 dona yangi badiiy adabiyot sovg‘a qildi. Bundan o‘qituvchi va o‘quvchilarimiz mamnun.
Kasb–hunar maktabimiz-da kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha turli mavzularda tadbirlar o‘tkazilmoqda. Har haftada oqituvchi va xodimlar o‘rtasida o‘qigan kitoblari bo‘yicha davra suhbatlari, bahs muzokaralar o‘tkazilayapti.
Jumladan, 9-aprelga Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan kasb-hunar maktabi direktori J.Bahramov tomonidan Hamdam Sodiqovning “Amir Temur saltanatida xavfsizlik xizmati” kitobining mazmun–mohiyati o‘qituvchi va o‘quvchilarga tushuntirildi. Bundan tashqari, Amir Temurning davlat xavfsizligini ta’minlashdagi odilona siyosati, jangovor faoliyati, buyuk davlatni barpo etishda unga yordam bergan xavfsizlik xizmatiga oid savollar bo‘yicha o‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsadimiz o‘quvchilarimizning bilim manbai bo‘lgan kitobni sevishga, kitobga qiziqishini oshirish hamda ularning ma’naviy dunyosini boyitishdan iborat.
Respublikamizning taraqqiy etishi rivojlanishi, Yangi O‘zbekistonning gullab yashnashi bugungi yoshlarimizga bog‘liq. Ma’rifatli, ya’ni ma’naviyati yuksak va bilimi teran kadrlar, yoshlar yurtimizni farovon qiladi. Chinakam bilimni esa kitob o‘qimasdan turib, egallash also mumkin emas. Televizor, radio, kompyuter, telefon hech qachon kitobning o‘rnini bosa olmaydi.
Shunday ekan hammani kitob o‘qishga chorlaymiz va “Har doim bo‘lsin kitob” deymiz.
Muhabbat Jumayeva,
Angor tuman 1-sonli kasb–hunar maktabining Axborot kutubxonasi yetakchi mutaxassisi
Ўзбекча
Русский
English