“Mahalla yettiligi” faoliyatidan

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 13-Angor saylov okrugi deputati Jo‘rayev Akbar Nortojiyevich tomonidan Qadimiy Angor mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Rahimqulov ham ishtirok etdi. Deputat “Mahalla yettiligi” bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, aholi turmush sharoitini yaxshilash hamda mahallaning ijtimoiy muhitini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Suhbat davomida mahallada mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Deputat tomonidan mahalla faollari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va hududni yanada obod qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari
Angor tumani Kengashi

0 izox

Izox qoldirish