BANDLIK-NIMA?
Bandlik- fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir.
-Fuqarolarga o‘zining ishlab chiqarishga va ijodiy mehnatga doir qobiliyatlaridan foydalanish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan, shu jumladan, haq to‘lanadigan ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha mutoq huquq tegishlidir.
-Quyidagi fuqarolar band deb hisoblanadi:
mehnat shartnomasi bo‘yicha haq evaziga to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlayotgan yoxud kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan, shuningdek, haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan, vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan fuqarolar;
kasalligi, ta’tilda bo‘lishi, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda yoki malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish to‘xtatib turilganligi munosabati bilan shuningdek, qonunchilikka muvofiq vaqtincha ish joyida bo‘lmagan xodimning ish o‘rni saqlanib qoladigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan fuqarolar;
haq to‘lanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan fuqarolar;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida, bojxona organlarida va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarda xizmatni o‘tayotgan fuqarolar;
o‘zini ish bilan mustaqil ravishda ta’minlayotgan fuqarolar, shu jumladan, hunarmandlar, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xo‘jaliklarining, ishlab chiqarish kooperativlarining a’zolari, fermer xo‘jaliklarining a’zolari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) bo‘yicha, shu jumladan, fuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnomalar bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar;
o‘z faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarida, shu jumladan diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar.
K.Tursunov, Angor tumani YXKM boshlig‘i
Ўзбекча
Русский
English