DAVLATGA TEGISHLI SUV HAVZALARINI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA “E-AUKSION” ELEKTRON SAVDO PLATFORMASI ORQALI IJARAGA BERISH TARTIBI
Davlatga tegishli suv havzalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilgan holda foydalanish sharti bilan quyidagi faoliyat turlarini tashkil etish uchun elektron savdo platformasida onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi:
- davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) — baliqni sanoat usulida yetishtirish va ovlash uchun;
- tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari — suv bo‘yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan, baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (o‘tov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.
-Bunda tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga yengil konstruksiyali qurilmalarni (o‘tov lagerlari majmuasi, konteynerlar) o‘rnatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
K.Tursunov,
Angor tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i
Ўзбекча
Русский
English